» » Toshkentlik fuqaro tanishining yuziga bokal bilan urib, jarohat yetkazdi

Toshkentlik fuqaro tanishining yuziga bokal bilan urib, jarohat yetkazdi


Olmazor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tanishini shisha bokal bilan urib, tan-jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

11-noyabr kuni soat 22:00 da, A.Donish ko‘chasida joylashgan “Toshkent” restoranida 1988-yilda tug‘ilgan A.A o‘zaro janjal oqibatida 1991-yilda tug‘ilgan S.Ani qo‘lidagi shisha bokal bilan urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlanib ushlandi.

Natijada S.A “ko‘z olma butunligi buzilishi, chap yonoq suyagi sinishi, chap qosh, chap yonoq va peshona sohasi ezilib-yirtilgan jarohati, yuz terisi ko‘plab shilingan jarohati, mastlik holati” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bokal daliliy ashyo sifatida  olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Aga nisbatan Olmazor tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi(qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют