» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” metro yo‘l haqining tushirilishi haqida xabarlarni rad etdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” metro yo‘l haqining tushirilishi haqida xabarlarni rad etdi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ OAVlar tomonidan metro yo‘l haqi 820 so‘mga qadar tushurilishi haqida tarqatilgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant.uz” xabar berdi.

Avvalroq, mahalliy OAVlarda Toshkent metropolitenining yo‘l haqi 1200 so‘mdan 820 so‘mga tushirilishi haqida xabarlar urchigandi. Kompaniyaning bayonotida ta’kidlanishicha, “Xalqaro press-klub sessiyasida so‘zga chiqqan mutaxassislarning so‘zlari noto‘g‘ri tushunilgan va talqin qilingan”.

“O‘tgan yili Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Toshkent aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish, shuningdek, shahar yo‘lovchi tashish transportlari xarajatlarini tejash maqsadida 1-oktabrdan metro oylik yo‘l chiptalari qaytadan joriy qilingan edi. Oylik yo‘l chiptalaridan foydalanuvchilar uchun imtiyoz o‘tgan yili o‘rnatilgan va hozirda ham amalga bo‘lgan yo‘lkira narxining(1200 so‘m) 23 foizini tashkil etadi. Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, oylik yo‘l chiptasining egasi yo‘lkira uchun 924 so‘m to‘laydi”, — deyiladi kompaniyaning xabarida.

Xalqaro press-klubning Toshkent metropolitenini rivojlantirishga bag‘ishlangan sessiyasi 2017-yilning 2-noyabrida bo‘lib o‘tgan edi. Soha mutaxassislari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan. “Biroq internetdagi yangiliklar lentasini monitoring qilish natijasida ma’lum bo‘ldiki, bir qator jurnalistlar taqdim etilgan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilgan va bu orqali jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot tarqatgan. Noto‘g‘ri talqin va chop etish — tanganing bir tomoni. Bu kabi yolg‘on ma’lumotlar internet nashrlarining yangiliklar kontentida “aylanib” yurishi va bu orqali haqiqatni o‘zgartirib, yo‘lovchilarni yolg‘on va’daga ishontirib qo‘yishi boshqa masala”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют