» » AQSh milliy xavfsizlik agentligi xakerlarning ma’lumotlar o‘g‘irlashidan tang ahvolda qoldi

AQSh milliy xavfsizlik agentligi xakerlarning ma’lumotlar o‘g‘irlashidan tang ahvolda qoldi


AQSh milliy xavfsizlik agentligi butun dunyodagi qurilmalarga kirish uchun foydalanadigan bir qator zararli dasturlar 2016-yilda xakerlar tomonidan o‘g‘irlanganidan tang ahvolda qoldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Shadow Brokers xakerlar guruhi milliy xavfsizlik agentligidan o‘g‘irlangan bir qator vositalarga dasturli kod e’lon qildi. Mazkur kod keyinchalik butun dunyo bo‘yicha yirik zarar keltirgan viruslarni ishlab chiqishda qo‘llanildi. Buzib kirish hanuzgacha oshkor qilinmagan.

Milliy xavfsizlik agentligi vaziyatga rasmiy ravishda izoh bermagan.

“Agentlikdagi hozirgi va sobiq rasmiy shaxslarning aytishicha, Shadow Brokers’ning 2016-yilda boshlangan oshkoraligi agentlik uchun halokatli oqibatlarni o‘zida mujassam etgan. Mazkur holat agentlikning qudratli kiberqurolni himoya qilish qobiliyatini xavf ostida qoldirgan”, — deyiladi xabarda.

Taxmin qilinishicha, Shadow Brokers’dan zarar miqdori markaziy razvedka boshqarmasi va milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenning oshkot etganidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkin. Sababi, xakerlar dasturlar kodini oshkor qilgan va bu bilan ularning uchinchi shaxs tomonidan foydalanishini ta’minlagan.

AQSh maxsus xizmatlari ma’lumotlarning sizishi xodimlaridan birining ishi yoki o‘g‘rilik oqibati ekanligini ham aniqlay olmayapti.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют