» » Sankt-Peterburgga ketgan uch o‘zbekistonlik bokschidan 2 nafari Toshkentga oltin bilan qaytadi

Sankt-Peterburgga ketgan uch o‘zbekistonlik bokschidan 2 nafari Toshkentga oltin bilan qaytadi


Rahmatjon Ro‘ziohunov murabbiyligida Sankt-Peterburg shahridagi xalqaro turnirda ishtirok etgan uch o‘zbekistonlik bokschining barchasi finalga qadar yetib bordi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Isroil Madrimov -75 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini taslim qilib, yakunda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Keyinroq u vazn toifasidan qat’iy nazar, turnirning eng yaxshi charm qo‘lqop ustasi, deb topildi.

Madrimovdan tashqari, -60 kilogramm vazn toifasidagi janglarda ishtirok etgan Shunqor Abdurasulov ham raqiblariga imkoniyat qoldirmadi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Shunqor o‘z vazn toifasida istalgan vaqt O‘zbekiston nomidan katta turnirlarda ishtirok etishga munosib ekanini ko‘rsatdi.

Yaqinda Gamburgda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatining -91 kilogramm vazn toifasida sovrindor bo‘lgan Sanjar Tursunov Rossiyadagi turnirda finalga qadar bordi. Biroq hal qiluvchi jangda mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan cheklandi.

O‘zbekistonlik har uchala bokschi finalda rossiyalik sportchiga qarshi ringga chiqdi. Ular bugun — 13-noyabr kuni Toshkentga qaytib keladi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют