» » Yuzni parvarish qilishda dermatologlar tavsiya qilmaydigan 4 vosita

Yuzni parvarish qilishda dermatologlar tavsiya qilmaydigan 4 vosita


Yuz terisini tozalash, oziqlantirish, makiyajga tayyorlash kerakligi hammaga ma’lum bo‘lgan haqiqat. Go‘zallik sanoati yangidan-yangi mahsulotlar yaratmoqda va har bir amalning muhimligini, yuzni parvarish qilish bosqichlarining birontasini qoldirib bo‘lmasligini tushuntirmoqda. Shuning uchun yuzimiz go‘zalligini saqlab qolish maqsadida biz ko‘plab vositalarni sotib olamiz.

Lekin Amerika dermatologlari sotuvga chiqarilgan mahsulotlarning hammasini ishlatmaslik kerak  va bu vositalar teriga zarar berishi mumkin deb hisoblaydi.

Xush, kosmetologning maslahatisiz nimalar qilish mumkin emas?

Ba’zan odamlar kimyoviy piling uchun vositalarni internet orqali sotib oladi. Lekin dermatologlar tez-tez bunday amallarning salbiy oqibatlariga duch keladi — o‘tib ketmaydigan qizarish, toshmalar va boshqa husnbuzarlarning paydo bo‘lishi, teri rangining o‘zgarishi. Ba’zida allergik reaksiyalar ham paydo bo‘ladi.

Professional kosmetologlar piling amallarini o‘tkazish vaqtida teri o‘zgarishining chuqurligini juda oson boshqara oladi. Lekin uy sharoitida buni uddalash ancha qiyinroq.

Lyufa, buf puf sponjlari va yuz uchun boshqa gubkalardan juda ehtiyot bo‘lish lozim. Dermatologlar ularni haddan tashqari g‘adir-budir bo‘lgani uchun teriga yomon ta’sir qiladi va uni shikastlaydi deb hisoblaydi. Ma’lumki, tabiiy materiallardan tayyorlangan gubkalar bakteriyalarni to‘plash xossasiga ega bo‘ladi.

Muvofiq ravishda ular teri qoplamasiga tushib halokatli ta’sirini boshlaydi. Shu sababli tabiiy materiallardan tayyorlangan sponjlarning yaroqlilik muddati bor-yo‘g‘i 2—3 oydan iborat.

Teri holatini asosan kollagen aniqlashi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin, afsuski hatto kollagen ham mo‘jizalar yarata olmaydi.

“Men kollagen samarali ta’sir ko‘rsatishi uchun uning molekulalari haddan tashqari katta deb hisoblayman. Bu faol tarkibiy qism teriga singib ketmaydi, shuning uchun kollagenli vosita sotib olish bilan siz ancha qimmat namlovchi kremga ega bo‘lasiz”, — deydi Mayamidagi Teri instituti asoschisi va bosh direktori S. Manuela Jegazoti.

Qattiq skrablar terini haddan tashqari shikastlaydi, ular qichishish va giperpigmentatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Dermatologlar agar terida akne bo‘lsa skrabdan foydalanishni tavsiya qilmaydi.

Bu yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Dermatologlar bunday skrablarning o‘rniga yumshoq tozalovchi kremsimon vositalarni ishlatishni taklif qiladi.

Manba: “Zdorovoelico.com”

Опубликовано: admin (13-11-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 8) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют