» » 14-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir kutilmoqda

14-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir kutilmoqda


14-noyabr, seshanba kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA. 

Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 6-8, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Опубликовано: admin (13-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют