» » O‘zbekistonda dollar kursi 1,67 so‘mga, yevro kursi esa 35,83 so‘mga oshdi

O‘zbekistonda dollar kursi 1,67 so‘mga, yevro kursi esa 35,83 so‘mga oshdi


O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 14-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8 069 so‘m 29 tiyin etib belgilandi. Bu 7-noyabrdagi kursga nisbatan 1 so‘m 67 tiyinga qimmat. Qayd etish joiz, o‘tgan hafta dollar kursi 10 so‘m 50 tiyin dollarga pastlagan, bu pasayish uch haftalik o‘sishdan so‘ng qayd etilgan edi.

14-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 9403 so‘m 14 tiyin (7-noyabrdagi kursga nisbatan 35 so‘m 83 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 136 so‘m 26 tiyin (7-noyabrdagi kursga nisbatan 36 tiyin arzon) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют