» » Erdo‘g‘on AQSh va Rossiyani o‘z harbiylarini Suriyadan olib chiqishga chaqirdi

Erdo‘g‘on AQSh va Rossiyani o‘z harbiylarini Suriyadan olib chiqishga chaqirdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal etish uchun Rossiya va AQShni Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Bu inqirozni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi, deb aytilyapti. U holda ular o‘z harbiylarini Suriyadan olib chiqishsin va shunda inqirozning yechimi siyosiy bo‘ladi. Keling, u yerdagi yechimlarni birgalikda izlaylik”, — dedi Erdo‘g‘on.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya tomoni 2003-yili Iroqqa AQSh qo‘shinlarining kiritilishiga ham qarshi bo‘lgan.

“Afsuski, ko‘pincha gap boshqa, amal boshqa. Suriya shimolida Amerikaning besh bazasi bor, boshqa hududlarda yana sakkizta — jami 13 ta. Suriyaga Amerika yetkazib bergan qurollar bor. Rossiyaning Suriyadagi bazalari beshta. Bunday ochiq narsalarga qanday munosabatda bo‘lish kerak?”, — deb savol qo‘ydi Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidenti mazkur bayonotni Sochiga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarga jo‘nab ketishi oldidan bergan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 7) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют