» » O‘zbekistonda benzin narxi oshishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Hukumat bu xabarlarni hozircha tasdiqlamadi

O‘zbekistonda benzin narxi oshishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Hukumat bu xabarlarni hozircha tasdiqlamadi


O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida benzin narxi oshishi kutilmoqda. Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kun avval paydo bo‘lgan, internet-nashrlar esa 13-noyabr kuni o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Xabar berishlaricha, benzin narxi o‘rtacha 30—35 foizga oshirilishi mumkin. “Agar shunday bo‘lsa, hozirda 2800 so‘m bo‘lgan Ai-80 turidagi benzinning 1 litri narxi 3800 so‘mgacha ko‘tariladi”, — deb yozadi “Kun.uz”.

Qayd etishlaricha, benzin narxining o‘zgarishiga sentabr oyidan erkin valyuta ayirboshlash amaliyotiga o‘tilgani sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, viloyatlarda benzin belgilangandan qimmat narxda sotilayotgani ham bunga ta’sir qilishi mumkin.

Ayni vaqtda, bir qator internet-nashrlar “O‘zneftmahsulot” va “O‘zbekneftgaz” kompaniyalariga asoslanib, yaqin vaqt ichida (ba’zi manbalarda, 15-noyabrdan deb yozilgan) benzin narxi oshishi haqidagi xabarlarga raddiya berdi. Bu xabarlarda narxlarning yaqin vaqt ichida oshishi haqidagi asosiy axborot na inkor etilgan, na tasdiqlangan.

Xususan, “O‘zneftmahsulot” vakillarining qayd etishicha, “Vazirlar Mahkamasining qarori chiqmaguniga qadar, bu gap-so‘zlar — faqat mish-mish”. “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati esa narx o‘sishi borasida axborotga ega emasligi, narxlarni shakllantirish ustida Moliya vazirligi ish olib borishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda benzin narxi so‘nggi bor 2016-yil oktabrida o‘zgargan edi. O‘shanda Ai-80 turidagi benzin narxi 2075 so‘mdan 2800 so‘mgacha oshirilgan edi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют