» » AQShning 400 dan ortiq badavlat fuqarosi hukumatdan soliqni tushirmaslikni so‘radi

AQShning 400 dan ortiq badavlat fuqarosi hukumatdan soliqni tushirmaslikni so‘radi


Shu hafta AQShning 400 dan millioner va milliarderi Kongressga xat yo‘llab, unda soliqlarni tushirmaslikni so‘raydi. Badavlat amerikaliklar Respublikachilar partiyasi mamlakat qarzi katta bo‘lib turgan bir paytda soliqni tushirib noto‘g‘ri ish qilyapti, deb hisoblaydi. Buning o‘rniga ular boylardan olinadigan soliqni oshirishni so‘ramoqchi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.

Maktubni imzolaganlar orasida Ice & Cream Ben & Jerry asoschislari Ben Koen va Jerri Grinfild, modelyer Eylin Fisher, milliarder Jorj Soros va filantrop Stiven Rokfellerlar bor.

Korporatsiyalar uchun soliq stavkasini tushirish — Tramp saylovoldi dasturida bergan asosiy va’dalardan biri edi. Shu yo‘l bilan u tadbirkorlar mamlakatning o‘zida ishlashiga va ish o‘rinlari yaratishiga turtki bermoqchi.

Vakillar palatasida tayyorlangan qonun loyihasi 2018-yilda korporatsiyalarning daromad solig‘ini 35 foizdan 20 foizga tushirishni nazarda tutadi.

Oldinroq Respublikachilar partiyasining Senatdagi vakillari Donald Tramp boshlagan soliq islohotining asosiy punkti — korporatsiyalar uchun soliq stavkasi tushirilishini 2019-yilga qoldirishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 7) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют