» » Yekaterinburgda yo‘lovchini otvyortka bilan o‘ldirgan o‘zbekistonlik kirakash 8,5 yilga qamaldi

Yekaterinburgda yo‘lovchini otvyortka bilan o‘ldirgan o‘zbekistonlik kirakash 8,5 yilga qamaldi


13-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahri sudi O‘zbekiston fuqarosi Oybek Nosirovni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Qamoq muxlati og‘ir tartibli koloniyada o‘talishi belgilandi.

2017-yil 1-mayda “Vezyot” taksi xizmati haydovchisi, rasman ishsiz hisoblangan Nosirov mast ahvoldagi yo‘lovchi bilan ixtilofga borgan. Janjal mijoz yo‘lkira haqi ustida kelib chiqqan.

Yo‘lovchi mashinadan chiqqanida Nosirov uning ortidan yugurib borib, ko‘kragi va boshiga otvyortka bilan zarba bergan. Olingan jarohatlar oqibatida yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Nosirov jinoyat joyidan qochgan va, tergov versiyasiga ko‘ra, yo‘lovchi o‘lgani haqida ham bilmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni ertasi kuni ushlagan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют