» » AQShning qator shtatlari va shaharlari, Trampning qarshiligiga qaramay, Parij iqlim kelishuvini qo‘llab-quvvatladi

AQShning qator shtatlari va shaharlari, Trampning qarshiligiga qaramay, Parij iqlim kelishuvini qo‘llab-quvvatladi


AQShning 20 ta shtati, 50 dan ortiq yirik shahri va 60 dan ziyod korxonasi, prezident Donald Tramp mamlakatni Parij iqlim kelishuvidan chiqarishga urinayotganiga qaramay, zararli chiqindilar hajmini qisqartirish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

The Guardian gazetasiga ko‘ra, ushbu nodavlat birlashuvning iqtisodiy qudrati 10 trillion dollarni tashkil etadi.

Germaniyaning Bonn shahrida 6–17-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan BMT iqlim konferensiyasida (COR-23) biznes va ma’muriyatlar vakillari “Amerika va’dasi” (America’s pledge) nomli yagona birlashma sifatida chiqib, global isishga qarshi kurashda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

AQSh prezidenti iqlim kelishuviga qarshi chiqib kelmoqda. Uning fikricha, past uglerodli iqtisodiyot AQSh manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg guruhni zimmasiga ko‘mir energetikasini qisqartirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga va energiya samaradorligiga investitsiya kiritish kabi majburiyatlarni olishga chaqirdi.

“Bu ajoyib, — dedi Barak Obama davrida iqlim bo‘yicha muzokaralarda AQSh vakili bo‘lgan Pol Bodnar. — Bu shtatlar va shaharlarning iqtisodiy qudrati Parij kelishuvini imzolagan 197 mamlakatning 195 tasidan kuchliroq”.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют