» » O‘zbekiston maxsus xizmatlari Ukraina orqali ayollarni fohishalikka olib ketayotgan guruhlarni bartaraf qildi

O‘zbekiston maxsus xizmatlari Ukraina orqali ayollarni fohishalikka olib ketayotgan guruhlarni bartaraf qildi


O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Kiyev orqali Tailandga ayollarni fohishalikka olib chiqib ketish kanalini bartaraf qildi. Ushbu kanal Ukraina chegara xizmatining bir xodimi yordamida faoliyat yuritgan, deb aniqlashtiradi 1News.

Xabarda ta’kidlanishicha, MXXning Buxoro viloyat boshqarmasi Toshkent – Kiyev – Bangkok yo‘nalishi bo‘yicha ayollar va qizlarni olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi.

Ukrainada odam savdosi qurbonlarini shu mamlakat fuqarosi kutib olib, ular Kiyev aeroportining chegara xizmatida ishlovchi rafiqasining ko‘magida Tailandga yuborilishini ta’minlar edi.

MXXning Xorazm viloyat bo‘linmasi xodimlari, shuningdek, O‘zbekistondan BAAga qizlarning yuborilishi bilan shug‘ullanuvchi yirik jinoiy guruhni fosh qildi. Jinsiy qullik qurbonlarining olib chiqib ketilishi uchun tranzit kanal sifatida Qozog‘iston va Rossiya hududi ishlatilar edi.

YeXHTga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar, erkaklar va bolalarning mehnat va jinsiy qullikka solinishi sohasidagi odam savdosi oqimi chiqadigan hamda tranzit o‘tadigan mamlakatdir. Xususan, o‘zbekistonlik erkaklar Qozog‘iston va Rossiyada mehnat ekspluatatsiyasiga, ayollar esa Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari hamda Turkiyada jinsiy qullikka uchraydi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют