» » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bog‘cha hududida avtoturargoh qurilishi to‘xtatildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bog‘cha hududida avtoturargoh qurilishi to‘xtatildi


Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati bog‘cha hududida avtoturargoh qurilishini to‘xtatdi. Bu haqda, ma’muriyat xabariga asoslanib, “Pravda Vostoka” ma’lum qildi.

Muqaddam gazeta 232-maktabgacha ta’lim muassasasi hududida avtoturargoh qurilishi borasidagi savolni ko‘targan edi.

“Aholi va OAV tomonidan ko‘tarilgan bu savolning ijtimoiy ahamiyati hisobga olinib, ushbu holatni hokimning o‘zi borib chuqur o‘rganib chiqqan. Avtoturargoh joyi bilan tanishib, o‘rganib chiqilgach, ushbu avtoturar maydonni qurish to‘xtatilishi haqida qaror qabul qilingan”, — deyiladi hokimiyat murojaatida.

Shuningdek, “qurilish ishlarining davom ettirilishi aholi istak va takliflariga ko‘ra, amaldagi qonun hujjatlariga asosan shahar qurilish me’yorlarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi” ta’kidlangan.

31-oktabr kuni gazeta tumandagi 232-maktabgacha ta’lim muassasasi hududida ochiq avtoturargoh qurilayotgani haqida materialni chop etgan edi. Ishchilar bolalar bog‘chasi hovlisining o‘rtasidan panjara va devor tortayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bunga javoban hokimiyat vakillari “avtoturargoh maydoni 232-maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan emas, uning yonidan qurilayotgani”ni aytib o‘tgan edi.

Hokimiyatning javobidan so‘ng nashr vakili yana bir bor ushbu manzilda bo‘lib, bog‘chaning kadastr hujjatlari bilan tanishgan va, 2007-yilda tuzilgan kadastrga ko‘ra, avtoturarjoy qurilishiga ajratilgan hudud bolalar bog‘chasiniki ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilgan edi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют