» » Astrofiziklar Quyoshdagi dog‘lar kamayib borayotganini qayd qildi

Astrofiziklar Quyoshdagi dog‘lar kamayib borayotganini qayd qildi


Quyosh faolligi darajasini belgilaydigan dog‘lar keskin ravishda kamaymoqda. Buni Rossiya Fanlar Akademiyasi P.N. Lebedev nomli Fizika instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi mutaxassislari qayd qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayni paytda Quyoshning Yerga qaragan tomonida birorta ham dog‘ yo‘q. Olimlarning taxminicha, bu dog‘lar Quyoshning narigi tomonida ham bo‘lmasligi mumkin. Astrofiziklar bu borada aniq ma’lumot yo‘qligini tan olgan holda Quyoshning ikki hafta muqaddam olingan fotosuratlarida ham dog‘lar yo‘qligini ta’kidladi. Ushbu suratlarda Quyoshning hozir Yerga teskari turgan tomoni ko‘rsatilgan.

Har 11 yilda Quyosh faollik silsilasini o‘zgartiradi. 11 yilda bir marta Quyoshdagi dog‘lar soni maksimum darajaga yetadi, faollik cho‘qqisi silsilaning o‘rtalarida kuzatiladi. Bu holat Shvabe sikli deb ataladi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 7) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют