» » Trenajor va o‘yin xonalarini o‘z ichiga olgan poyezd konsepti taqdim etildi (foto)

Trenajor va o‘yin xonalarini o‘z ichiga olgan poyezd konsepti taqdim etildi (foto)


Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi Idea Train nomli poyezd konseptini namoyish etdi. Poyezd kelajakda haydovchisiz avtomobillar o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan, deb yozmoqda TJournal.

Ikki qavatli vagonlar bir nechta maqsadga mo‘ljallangan. Ba’zilarida trenajorlar va yugurish yo‘lakchalari, boshqalarida esa o‘rindiq va keng formatli televizorga aylanuvchi o‘yin qurilmalari o‘rnatilgan. Shuningdek, uxlash yoki biznes uchrashuvlari uchun shovqindan himoyalangan va stollariga planshetlar o‘rnatilgan alohida bo‘linmalar ham ko‘zda tutilgan.

Deutsche Bahn’ning rejalariga ko‘ra, qulay poyezdlar kelajakda haydovchisiz avtomobillar bilan raqobatga kirishishi mumkin. Mualliflarning fikricha, haydovchisiz avtomobillar yo‘lovchilarga boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga imkon beradi, shuning uchun ular yo‘lovchilarni yuqori darajadagi qulaylikka jalb qilishni xohlamoqda.

2019-yilda Idea Train xavfsizlik bo‘yicha sinovdan o‘tadi va Myunxen hamda Bavariyadagi Zimbax-am-Inn o‘rtasida harakatni boshlashi mumkin.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют