» » Hayajonni yengish usullari

Hayajonni yengish usullari


Muhim uchrashuv, hal qiluvchi tadbir, ahamiyatli shaxsiy voqea… Hayotda hayajonga sabab bo‘ladigan voqealar ko‘p uchrab turadi. Va u yurakning tez-tez urishi, qo‘llarning terlashi va qorindagi yoqimsiz holat bilan birga kechadi.

Biz sizga hayajon belgilarini qanday qilib yengish haqida aytmoqchimiz.

Tinchlanishning asosiy sirlaridan biri muntazam ravishda o‘z ustida ishlashdan iborat. Agar hayajon tabiatan sizning doimiy hamrohingiz bo‘lsa, yaxshisi u bilan har qanday mos keluvchi ichki tinchlanish vositalari yordamida kurashgan ma’qul.

Bu yoga, meditatsiya, xayoliy mashqlar bo‘lishi mumkin... Hatto kashta tikish yoki idishlarni yuvish ham mos keladi, agar aynan shu mashg‘ulotlar sizning asablaringizni tinchlantiradigan bo‘lsa.

Muhim uchrashuv yoki tadbir oldidan suhbat jarayonini yolg‘iz o‘zingiz batafsil repetitsiya qilsangiz ham bo‘ladi.

Sizga qanday savollar berilishi mumkinligini taxmin qilishga harakat qiling va oldindan javoblarini tayyorlang.

Hayajonning ko‘pchilik alomatlari — kaftlar namligining yuqori bo‘lishi, yurakning tez-tez urishi, yengil bosh aylanish — bu organizmning adrenalin va stress gormoni kortizolning otilib chiqishiga nisbatan tabiiy fiziologik reaksiyasidir.

Bu alomatlardan tezda qutulish mumkin, masalan nafas olish mashqlari yordamida. Bo‘shashtirishning asosiy qoidalaridan biri qorin bilan nafas olishdir. Qorin havo bilan to‘lishi va belni bosishi uchun asta-sekinlik bilan chuqur nafas olish kerak.

Nafas chiqarishda bel biroz pastga tushishi, oyoqlar esa bo‘shashishi kerak. Nafas olishning bunday turi nafaqat tinchlanishga, balki organizmning kislorod bilan to‘yinishiga ham yordam beradi.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (14-11-2017, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 7) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют