» » Yevroittifoq ASEAN bilan hamkorlikni rivojlantirishga 2 mlrd yevro ajratadi

Yevroittifoq ASEAN bilan hamkorlikni rivojlantirishga 2 mlrd yevro ajratadi


Yevroittifoq Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) mamlakatlari bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 2 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratadi. Bu haqda mazkur tuzilmaning Filippin poytaxti Manilada bo‘lib o‘tayotgan sammitida ishtirok etayotgan Yevropa kengashi raisi Donald Tusk ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Tuskka ko‘ra, Yevroittifoq ASEANning o‘zaro savdo hajmi bo‘yicha ikkinchi sherigi va yirik xorijiy investor sanaladi. 

“Yevropaliklar kelgusida yanada samarali muvaffaqiyat qozonish va imkon qadar ko‘proq kishilarga yordam berish uchun bor imkoniyatni ishga solishga intilmoqda. Shu sababli Yevroittifoq ASEAN bilan kooperatsiyani rivojlantirish va tuzilma integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash fondlarini ikki barobar ko‘paytiradi. Qolaversa, assotsiatsiyaning barcha davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikka 2 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi”, — deyiladi Yevropa kengashi raisi bayonotida. 

Опубликовано: admin (14-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют