» » Reper Timati saytlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi

Reper Timati saytlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi


Reper Timati “Blek target” veb-dizayn studiyasiga asos soldi, u Black Star leybli uchun bir qator loyihalarni amalga oshirishga ulgurdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Dizayn-studiya barcha platformalarda veb-loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘liq turdagi xizmatlarni taqdim etadi. “Blek target” Timatining yana bir loyihasi — Black Star Burger burger restoranlari tarmog‘i uchun sayt va mobil dastur, shuningdek, Black Star Wear internet-do‘koni uchun iOS va Android-qurilmalarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqqan.

Timatining yangi loyihasi unga tegishli bo‘lgan Make it Music saytining yangi funksionalini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Servis musiqiy va videokontentni chiqarish va monetizatsiya qilish xizmatlarini taklif etadi.

Nashr eslatishicha, shu yilning yozida Timati asos solgan Black Star Inc. korporatsiyasi mobil aloqa virtual operatorini ishga tushirishi haqida ma’lum qilgan edi. Kompaniya ilk mijolarini o‘z virtual operatoriga 2017-yil oxirigacha ulamoqchi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют