» » Internet-buxgalteriya va elektron hujjatlar aylanmasi ishingizni osonlashtiradi

Internet-buxgalteriya va elektron hujjatlar aylanmasi ishingizni osonlashtiradi


Endi hujjatlarni yuborish juda qulay, oson va bu avvalgidek ko‘p vaqtni olmaydi. Sir emaski, internet-munosabatlar ko‘p pul, kuch va vaqtni tejaydi, bu ayniqsa, “vaqt—pul” qoidasi bo‘yicha yashaydiganlar, xususan, buxgalteriya ishchilari va kompaniyalar rahbarlari uchun kompaniyalar o‘rtasida tez va ishonchli hujjatlar aylanmasi borasida qo‘l keladi.

Faktura.uz portali oldi-sotdilarni osonlik bilan boshqarish, aktlarni, hisob-fakturalar tuzish, to‘lovlarni olish va kuzatish, buxgalteriya hisobini olib borish, UzCard korporativ kartalari va POS terminallari bo‘yicha operatsiyalarni kuzatish imkoniyatini beradi. Buning ustiga, portal ERI kalitlari yordamida imzolangan elektron hujjatlarni (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi servisi orqali elektron raqamli imzolar) ishonchliligini va to‘g‘riligini tekshirish imkonini beradi, bu uzatilayotgan elektron hujjatning butunligi ustidan to‘liq nazoratni hamda hujjatni tuzatish va o‘zgartirishlardan (qalbakilashtirishdan) himoyalaydi.

Faktura.uz servisining sodda va ilg‘or yechimlari vositasida foydalanuvchi haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat davomida o‘z ishbilarmonlik faoliyati, to‘lovlari statusini ko‘rib turishi hamda hisob-fakturaning qaysi bosqichda turganini kuzatishi mumkin. Eng asosiysi, bu amaliyotlarning bari onlayn rejimida va ishonchli himoya ostidadir.

Faktura.uz’da ishlashni boshlash uchun qog‘ozda shartnoma tuzish shart emas. Faktura.uz’ga kirib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Inspeksiyasi tomonidan berilgan elektron kalit yordamida ochiq ofertani qabul qilishning o‘zi kifoya. Tizim bilan tashkilot o`rtasidagi electron hujjatlar almashish bepul.

Dastlab, www.faktura.uz’da ro‘yxatdan o‘tish uchun bir necha daqiqa talab etiladi, u yerda odatiy kataklarni to‘ldirishdan tashqari, tashkilot nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ko‘rsatish zarur. Servisning asosiy sahifasi tizim foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bilan to‘la-to‘kis to‘ldirilgan. “Ko‘p beriladigan savollar” bo‘limida esa Faktura.uz faoliyatiga asos bo‘luvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari batafsil keltirilgan.

Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Faktura.uz “bulutli” (cloud) servisidagi barcha hujjatlar sifatli himoya va maxfiylik ostidadir. Bu xizmatlarning bari cho‘ntakbop to‘lov evaziga ko‘rsatiladi (narxlar bilan “Tariflar” bo‘limida tanishish mumkin), hamkorlikning birinchi oyida esa servis bepul taqdim etiladi.

Faktura.uz buxgalteriya va hujjatlar aylanmasi bilan bog‘liq ko‘plab kundalik vazifalarni taqsimlashda yordam beradi. Servis biznesga mijozlar bilan ishlashning qulay usulini va tranzaksiyalar tarixini ko‘rib borish imkonini taqdim etadi. Onlayn-elektron xujjat almashish — taraqqiy etib borayotgan kompaniyalardan mijozlar kutadigan qulaylikdir; kompaniya uchun esa bu har bir kelishuv pulini 60 foizga va undan-da tezroq olish yo‘lidir.

Loyiha sayti: faktura.uz

Bog‘lanish uchun telefon raqami: +998 71 200 00 13

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (14-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 11) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют