» » Foto: 1860-yilgi kartinada iPhone ko‘targan qizni ko‘rib qolishdi

Foto: 1860-yilgi kartinada iPhone ko‘targan qizni ko‘rib qolishdi


Avstriyalik rassom Ferdinand Georg Valdmyuller 1860-yilda chizgan “Kutilayotgan” kartinasidagi qizning qo‘lida iPhone’ni payqab qolishdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ta’kidlanishicha, shotlandiyalik sobiq davlat ishchisi Piter Rassel Myunxenda kartinalar galereyasida aylanib yurib, kartinada qo‘lidagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi buyumga tikilib qarayotgan qiz o‘z smartfonlaridan ko‘z uza olmaydigan bugungi yoshlarga juda o‘xshab ketishini payqab qoldi.

Ammo Avstriya art-agentligi ijrochi direktori Gerald Vaynpolter XIX asr iPhone’i haqidagi afsonani chippakka chiqardi.

“Valdmyuller kartinasidagi qiz yangi iPhone X smartfonini o‘ynamayapti, balki, qo‘lida ibodat kitobini tutgan holda cherkovga ketyapti”, — deya aniqlik kiritdi Vaynpolter.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют