» » O‘zbekistonda gaz va elektr hisoblagichlar Yevropada ishlab chiqarilganlari bilan almashtiriladi

O‘zbekistonda gaz va elektr hisoblagichlar Yevropada ishlab chiqarilganlari bilan almashtiriladi


O‘zbekiston Prezidenti “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

Qarorda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi F–4979-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini yanada joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi komissiya tomonidan Sagemcom (Fransiya Respublikasi), Elster GmbH (Germaniya Federativ Respublikasi), Landis & Gyr (Shveysariya Konfederatsiyasi) kompaniyalari va Toshelectroapparat MChJ XK (O‘zbekiston Respublikasi) bilan O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazildi.

Qarorga muvofiq, dastlabki bosqichda 2 million dona elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minot, qo‘shimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnika vositalari xarid qilinadi.

Bir oy muddatda elektr uzatish liniyalari va gaz quvurlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini, elektr va gaz ta’minoti infratuzilmasining amaldagi holatini, shaharlar va viloyatlar markazlarining ustuvorligini inobatga olgan holda hisobga olish uskunalari va qo‘shimcha vositalarni o‘rnatish jadvalini tasdiqlash rejalashtirildi.

Qarorga muvofiq, loyiha doirasida o‘rnatiladigan hisobga olish uskunalarining davlat ko‘rigi “O‘zstandart” agentligi tomonidan har 10 yilda amalga oshiriladi, hisobga olish uskunalarini davlat ko‘rigiga topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish esa “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va Byuro tomonidan ta’minlanadi.

Bunda iste’molchidan davlat ko‘rigidan, xizmat ko‘rsatish va boshqa ishlarni o‘tkazish uchun yechib olingan hisobga olish uskunasining o‘rniga zudlik bilan “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ mablag‘lari hisobidan boshqa ko‘rikdan o‘tgan hisobga olish uskunasi o‘rnatiladi.

Hujjat sharhida aytilishicha, energiya resurslari abonentlari umumiy sonining atigi 2,6 foizi ENHATda ishlaydigan elektr energiyasini hisoblash uskunalari bilan jihozlangan, 40 foizi tashqi ta’sirdan himoyalanmagan eskirgan hisoblash uskunalaridan foydalanadi, 48 foizi ENHATga mos kelmaydigan turli modifikatsiyadagi hisoblash uskunalariga ega, shuningdek, 9,4 foizida energiya resurslarini hisoblash uskunalari mavjud emas.

Ta’kidlanishicha, faqat oxirgi 2 yilda real ko‘rsatkichlarni yuqori darajada (20 foizgacha) buzib aks ettiradigan 24,4 million AQSh dollari qiymatidagi 410 mingdan ortiq eskirgan hisoblash uskunalari mamlakatga olib kirilgan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют