» » Fotogalereya: Instagram’dagi eng mashhur o‘zbek xonandalari va aktyorlari

Fotogalereya: Instagram’dagi eng mashhur o‘zbek xonandalari va aktyorlari


MyDay nashri Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali muxlislarini ijodi va hayotidagi yangiliklar bilan boxabar qilib boradigan, eng ko‘p kuzatuvchilga ega san’atkorlar haqida ma’lumot berdi.

Yigitali Mamajonov, aktyor (419 ming)

Ro‘yxatning o‘ninchi pog‘onasini aktyor Yigitali Mamajonov egalladi. U ko‘proq kliplardagi rollari bilan tanilgan. Lekin haqiqiy mashhurlik taniqli xonanda Rayhon G‘aniyeva bilan turmush qurgach kelgan.

Ali Otajonov, xonanda (430 ming)

Xonanda nafaqat qo‘shiqlari, balki kinolardagi rollari bilan ham mashhur. Xonanda mashhur Otajonovlar sulolasining vakili bo‘lib, Ortiq Otajonovning nabirasi.

Adiz Rajabov, aktyor (502 ming)

Adiz Rajabovning tanilishiga yordam bergan ilk filmi “Nahotki sen” bo‘lib, qora qoshli yigitcha bir zumda minglab muxlislar qalbidan joy olgan.

Shoxruh, reper (530 ming)

O‘zbek shou-biznesining ilk reperlaridan biri Shoxruh katta sahnaga ilk bor Tarona Shou 2004 taqdirlash marosimida qadam qo‘ygan. Uning “Hayot”, “Balandda”, “Xayr, bevafo”, deb nomlangan taronalari uzoq vaqt xit-paradlarning yuqori pog‘onalaridan tushmagan.

Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor (608 ming)

O‘zining komik rollari bilan tanilgan Alisher Uzoqov so‘nggi paytlarda kinolarda kamnamo. Bir necha yillik tanaffusdan so‘ng, u rejissor sifatida kinoga qaytdi. Hozirda uni Zo‘rTV telekanalida The Cover up loyihasining boshlovchisi sifatida ko‘rish mumkin.

Davron Kabulov, boshlovchi (660 ming)

“Million” jamoasining a’zosi Davron Kabulov achchiq hazillari va so‘zga ustaligi bilan ko‘plab muxlislar orttirgan. Muxlislari nafaqat uning ijodini, balki shaxsiy hayotini ham kata qiziqish bilan kuzatadilar.

Sardor Rahimxon, xonanda (681 ming)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon avvaliga radio boshlovchisi sifatida tanilgan. Qo‘shiq kuylashga bo‘lgan ishtiyoqi ustunlik qilib, xonandalikka qo‘l urgan. Uning “Ishonmasman” deb nomlangan ilk taronasi haqiqiy xit darajasiga ko‘tarilgan.

Ulug‘bek Rahmatullayev, xonanda (838 ming)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev ilk bor 1999-yilda “Yorim yoniga borsam” qo‘shig‘i bilan katta sahnaga qadam qo‘yadi, lekin haqiqiy mashhurlik 2004-yilda “Oydin kechalar” qo‘shig‘idan so‘ng keladi.

Jahongir Poziljonov, xonanda (868 ming)

“Bojalar” guruhining solisti Jahongir Poziljonov o‘zining quvnoq qo‘shiqlari va kinolardagi komedik rollari bilan mashhur. Ma’lumot o‘rnida, “Bojalar” guruhi 2004-yilda tashkil topgan bo‘lib, 2009-yilga qadar ikk nafar solist, Mo‘min Oripov va Jahongir Poziljonovdan iborat bo‘lgan. 2009-yilda guruh vakili Mo‘min Oripov bevaqt vafot etgach, Jahongir guruhga boshqa ishtirokchi olmaslikka qaror qiladi va o‘zi yakkaxon xonanda sifatida kuylashni boshlaydi.

Shohruhxon, xonanda (919 ming)

Bugungi o‘ntalikning eng yuqori pog‘onasida millionlab muxlislar qalbini zabt etgan xonanda Shohruhxon. U qo‘shiq kuylashdan tashqari aktyorlik sohasida ham o‘zini sinab ko‘rgan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют