» » Gaz ta’minoti obyektlari xususiy operatorlarga berilmaydigan bo‘ldi

Gaz ta’minoti obyektlari xususiy operatorlarga berilmaydigan bo‘ldi


Toshkentda va hududlarda gaz ta’minoti obyektlarining bir qismi gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gazni sotish uchun xususiy operatorlarning vakolatli boshqaruviga o‘tkazilmaydigan bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Prezidentning 13-noyabrdagi qarorida 2017-yil 20-apreldagi “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2907-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi aytildi. Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekistonda gaz va elektr hisoblagichlar Yevropada ishlab chiqarilganlari bilan almashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, sinov loyihasi doirasida Toshkentda xususiy operatorga Bektemir tumanining “Bektemirtumangaz” tuman ekspluatatsiya xizmati obyektlarini o‘tkazish, har bitta hududda bittadan filial obyektlari vakolatli boshqaruvga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan edi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 16) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют