» » Pentagon BMT AQSh harbiylariga Suriya hududiga kirishga ruxsat berganini da’vo qildi

Pentagon BMT AQSh harbiylariga Suriya hududiga kirishga ruxsat berganini da’vo qildi


BMT AQSh harbiy xizmatchilariga Suriya hududiga kirishga ruxsat bergan. AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis Pentagonda jurnalistlar bilan suhbatda shunday da’vo qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“BMT, mohiyatini olib qaraganda, IShIDni ta’qib qilishimiz mumkinligini bildirdi. Shu sababli ularni yo‘q qilish uchun Suriyada bo‘lib turibmiz”, — dedi Mettis AQShda mazkur davlat hududida qo‘shinlarini joylashtirish uchun qonuniy asoslar borligi haqidagi savolga javoban.

U xalqaro tashkilotning qaysi rezolyutsiyasi haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Pentagon rahbari AQSh harbiy xizmatchilari Suriyada vaziyatni izga solish bo‘yicha Jeneva jarayoni muvaffaqiyatga erishmaguncha mamlakatni tark etmasligini bildirdi. Mettisga ko‘ra, bu IShID yangi ko‘rinishda qad rostlashiga imkon bermaslik uchun zarur.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 7) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют