» » Rossiya ijaraga olgan “Boyqo‘ng‘ir” majmuasi yerlarining bir qismi Qozog‘istonga berildi

Rossiya ijaraga olgan “Boyqo‘ng‘ir” majmuasi yerlarining bir qismi Qozog‘istonga berildi


“Boyqo‘ng‘ir” majmuasining 12 ming gektarga yaqin hududi Rossiya ijarasidan chiqarildi va Qizilo‘rda viloyatiga berildi. Majmuani ijaraga berish shartnomasiga tegishli o‘zgartirishlar XIV Rossiya va Qozog‘iston hududlararo hamkorligi forumida imzolandi, deb yozadi “TASS”.

Protokolni “Roskosmos” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Aleksandr Ivanov va Qozog‘iston qishloq xo‘jalik vaziri birinchi o‘rinbosari Kayrat Aytuganov imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Akay va Toretam qishloqlari yaqinidagi 11,6 ming gektar yer Rossiya ijarasidan chiqarilib, unda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yanada rivojlantirish uchun Qizilo‘rda viloyatiga berildi.

Shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida “Boyqo‘ng‘ir” majmuasida ishlab, Akay va Toretam qishloqlarida ishlaydigan qozog‘istonliklarga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirishni ko‘zda tutuvchi protokol imzolandi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют