» » Britaniyalik ota-onalarni Ipsvichdagi maktab o‘quvchilarini “chiniqtirish” uslubi darg‘azab qildi

Britaniyalik ota-onalarni Ipsvichdagi maktab o‘quvchilarini “chiniqtirish” uslubi darg‘azab qildi


Buyuk Britaniyaning Ipsvich shahridagi boshlang‘ich maktablardan birining rahbariyati bolalarni  yomg‘irda ham ko‘chada o‘ynashga majbur qilayotgani ayrim ota-onalarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Gap Paradigm Trust maktabida yaqinda joriy etilgan “ho‘l o‘yinlar” siyosati haqida ketmoqda. Maktab direktori Ben Karterga ko‘ra, yomg‘ir ostidagi o‘yinlar bolalar rivojlanishining odatiy qismi.

“Oldingi avlod bilan solishtirganda zamonaviy bolalar ekran qarshisida ko‘p vaqtini o‘tkazadi, tashqariga deyarli chiqmaydi. Vahimaga hojat yo‘q, ob-havo yomon bo‘lganda bolalarga binoda o‘ynashga ham ruxsat beramiz”, — izoh berdi direktor.

Biroq barcha ota-onalar ham uning fikriga qo‘shilmadi.

“Ularni shiddatli yomg‘ir ostida sayr etishga majbur qilishgan. Men hatto itimni ham bunday ob-havoda ko‘chaga chiqarmagan bo‘lardim”, — dedi o‘quvchilardan birining onasi Anna-Mariya Fletcher.

Karter ota-onalardan kechirim so‘radi, biroq faqat hammani ham qoidalardagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilmagani uchun. Direktor ularni bolalarni maktabga “qishki palto yoki kurtka va shunga yarasha poyabzalda” yuborishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют