» » Qahva yurak uchun foydali deb topildi

Qahva yurak uchun foydali deb topildi


Amerika yurak assotsiatsiyasi mutaxassislari qahva iste’mol qilish yurak yetishmovchiligi va insult xavfini kamaytirish xususiyatiga ega ekanligini aniqladi, deb xabar berdi EurekAlert.

Olimlar turli dietalar va yurak-qon tomirlari tizimining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga bag‘ishlangan Framingham uzoq muddatli tadqiqoti natijalarini algoritmlar yordamida tahlil qildi. Aniqlanishicha, bir haftada qo‘shimcha bir finjon qahva ichish infarktni yetti foizga, insult sodir bo‘lishini esa sakkiz foizga kamaytiradi.

Tadqiqot natijalari o‘zaro bog‘liqlikning sabab-oqibatini ko‘rsatmasa-da, boshqa ilmiy ishlarda har kuni qahva ichish bevaqt o‘limning oldini olishi, shuningdek, turli saraton kasalliklarining hamda xatarli jigar o‘smalarining rivojlanishini kamaytirishi namoyish etilgan. Shu sababli qahva yurak-qon tomir tizimlaridagi kasalliklar sababli sodir bo‘ladigan o‘limning oldini olish xususiyatiga ega.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют