» » De Rossi murabbiyga: Jin ursin, nega men tushishim kerak?! Bizga durang emas, g‘alaba kerak (video)

De Rossi murabbiyga: Jin ursin, nega men tushishim kerak?! Bizga durang emas, g‘alaba kerak (video)


Milan shahrida Shvetsiyani taslim qila olmagan Italiya termasi JCh—2018 dan chetda qoldi. Bellashuvdan keyin bir qator futbolchilar Italiya termasidagi faoliyatiga yakun yasadi.

Ulardan biri Daniele De Rossining o‘yin davom etayotgan bir vaqtdagi harakati ko‘pchilikning diqqatini tortdi va ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bosh murabbiy Venturaning yordamchisi De Rossiga yaqinlashib, maydonga tushish arafasida ekanini va chigalyozdi mashqlarini boshlashi kerakligini tushuntirdi.

Shvetsiyadagi dastlabki o‘yinda maydonga tushgan va asabiy davom etayotgan javob bellashuvini zaxiradan kuzatayotgan De Rossi esa yordamchiga o‘shqirdi: “Jin ursin, nima uchun men tushishim kerak?! Axir, bizga durang emas, g‘alaba kerak!”

De Rossi tayanch zonada samarali harakat qiladigan futbolchi. U berilgan topshiriqni bajarib, o‘yin tempini tushirishga intilishi va hisobni ushlab qolishga harakat qila olishi mumkin. O‘z kuchini to‘g‘ri baholay olgan tajribali futbolchi, uning o‘rnida gol urishda yordam bera oladigan boshqa sherigi to‘p surishini istagan.

Ventura bunday kayfiyatdagi futbolchini maydonga tushirmadi. Italiya esa baribir shvedlar darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют