» » Namangan IIBda “Inson huquqlari sohasida xalqaro standartlar va milliy amaliyot” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Namangan IIBda “Inson huquqlari sohasida xalqaro standartlar va milliy amaliyot” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi


Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov Namangan IIB shaxsiy tarkibi bilan uchrasdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv “Inson huquqlari sohasida xalqaro standartlar va milliy amaliyot” mavzusiga bag‘ishlandi.

Akmal Saidov, markaz direktori o‘rinbosari Ahmadjon Ismoilov, Qonunchilik palatasi deputati Ibrohim Hojiyev ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish, faoliyati samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida gapirdi, savollarga atroflicha javob berdi.

Tadbir davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga milliy markaz tomonidan chop etilgan adabiyotlar hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasidagi rahbariy prinsiplar” qo‘llanmasi taqdim etildi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют