» » Putinning razvedkadagi sobiq rahbariga qarashli kompaniyaga Rossiyadagi AQSh diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlash topshirildi

Putinning razvedkadagi sobiq rahbariga qarashli kompaniyaga Rossiyadagi AQSh diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlash topshirildi


AQShning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari qo‘riqlanishini Tashqi razvedka xizmatining iste’fodagi rahbarlaridan biri Viktor Budanovga tegishli kompaniya ta’minlaydi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

Elite Security Holdings AQSh hukumati bilan mamlakatning Rossiyadagi missiyasiga (uning tarkibiga Moskvadagi elchixona, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Vladivostokdagi konsulxonalar kiradi) qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun 2,83 million dollarga teng yillik shartnoma imzoladi.

Uning vazifalari sirasiga vakolatxonalarga ruxsatsiz kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar va ularning oila a’zolari hayotini himoya qilish, tartibni saqlash va teraktlarning oldini olish kiradi.

Xoldingga 1997-yili iste’fodagi general-mayor Viktor Budanov asos solgan, hozirda o‘g‘li Dmitriy tomonidan boshqariladi.

Tashqi razvedka xizmati rasmiy saytida Viktor Budanov 1966-yildan sovet razvedkasida ishlagani, xizmatni 1992-yilda xizmat boshqarmalaridan birining boshlig‘i vazifasida yakunlagani ko‘rsatib o‘tilgan.

Rossiyadagi nashrlardan biriga bergan intervyusida Budanov 1987—1991 yillarda KGBning Sharqiy Germaniyadagi missiyasida faoliyat olib borgani, uning qo‘l ostida Rossiyaning bo‘lajak prezidenti Vladimir Putin xizmat qilganini tasdiqlagandi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют