» » Erondagi zilzila qurbonlari soni 445 kishiga yetdi

Erondagi zilzila qurbonlari soni 445 kishiga yetdi


12-noyabr, yakshanba kuni Eron va Iroq chegarasida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 445 kishiga, jarohat olganlar soni esa 7156 kishiga yetdi. Bu haqda Tasnim agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Eron hukumati 14-noyabr, seshanba kuni butun mamlakat bo‘ylab motam e’lon qildi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Kirmonshoh viloyatida esa marhumlar xotirasiga uch kun motam tutiladi.

Asosiy qutqarish operatsiyalari bugun yakunlanishi kutilmoqda.

Iroq Ichki ishlar vazirligida ma’lum qilinishicha, yer osti silkinishi oqibatida mamlakatda yetti kishi halok bo‘lgan va 321 kishi jarohat olgan.

Muqaddam qurbonlari soni 400 kishidan oshgani, 6,7 mingdan oshiq odam jabrlangani xabar qilingan edi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют