» » “RBK-Tatarstan”: O‘zbekiston Rossiya musulmonlari uchun ziyorat turizmini faol taklif etmoqda

“RBK-Tatarstan”: O‘zbekiston Rossiya musulmonlari uchun ziyorat turizmini faol taklif etmoqda


O‘zbekiston rasmiylari ziyorat turizmini faol rivojlantirish niyatida va asosan Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Rossiya, xususan, Tatariston musulmonlariga mo‘ljallangan qator tur mahsulotlarni ishlab chiqishga ulgurdi. Bu haqda “RBK-Tatarstan” ma’lum qildi, deya xabar beradi “Nuz.uz”.

Bunday loyihalar doirasida dindorlarga buyuk musulmon olimlari qabrlari, muqaddas qadamjoylarni ziyorat qilish taklif etiladi.

Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Suvonovga ko‘ra, davlat rahbari tomonidan mamlakatdagi har bir viloyat ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun Rossiyaning biror mintaqasiga bog‘lab qo‘yilgan. Jumladan, Samarqand viloyati Tatariston bilan aloqalar uchun javob beradi.

“Hozirda Turkiya, Malayziya va Indoneziya uchun ziyorat turizmi borasida loyihalar tashkillayapmiz. Bu yo‘nalish Tatariston bilan ham rivojlantiriladi, bizda sizlar uchun qiziqarli obyektlar ko‘p”, — ta’kidladi Suvonov.

Hozirda Samarqandda yuzlab mehmonxonalar mavjud, yaqin yillar ichida ularning soni yanada ortadi. Rasmiylar mintaqada maxsus sayyohlik zonasini rivojlantirish va Osiyo hamda Yevropa sayyohlari uchun mo‘ljalangan yangi mehmonxona, restoranlarni qurishni rejalashtirmoqda

Опубликовано: admin (14-11-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют