» » Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga Guliston hamda Mirzaobod tumanlari biriktirildi

Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga Guliston hamda Mirzaobod tumanlari biriktirildi


Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Viloyat tuman va shaharlari ixtisoslashuviga ko‘ra chuqur tahlil qilinib, to‘rt sektorga bo‘lindi. Viloyat davlat soliq boshqarmasiga Guliston hamda Mirzaobod tumanlari biriktirildi. “Yo‘l xaritasi”ga asosan hududlar hokimlari tomonidan ushbu masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, 34 nafar xodimdan iborat ishchi guruhi shakllantirildi.

Hududdagi 42 mahalla fuqarolar yig‘inida 140 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Fuqarolarning mavjud ikki ming 970 gektar tomorqadan unumli foydalanishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Ikki tuman hududidagi 211 ehtiyojmand oilaga tijorat banklarining 637 million 600 ming so‘mlik kredit mablag‘i ajratildi.

“Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash, tomorqadan unumli foydalanish holatini o‘rganish maqsadida shu yil 12-avgust kuni boshqarmaning maxsus hujjati qabul qilindi. Unga ko‘ra, boshqarmaning 19 xodimi 33 ming 851 oilaga biriktirildi va ularga har bir oilaga kirib, tomorqadan, tijorat bankidan olingan kreditdan maqsadli foydalanishi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududdagi bandlik bo‘limlariga murojaat qilgan bir ming 87 nafar fuqaroning 812 nafari ishga joylashtirildi. Hali ishsiz bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlash uchun ijrosini kutayotgan loyihalarni amalga oshirish talab etiladi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют