» » Kreml matbuot kotibi Putin va Erdo‘g‘on muzokaralaridagi ayrim mavzular oshkor etilmasligini bildirdi

Kreml matbuot kotibi Putin va Erdo‘g‘on muzokaralaridagi ayrim mavzular oshkor etilmasligini bildirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Sochidagi uchrashuvi davomida tafsilotlari oshkor etilmaydigan murakkab mavzular ko‘tarildi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Peskov Turkiya prezidentining Rossiya va AQShni Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketish haqidagi da’vati haqida gaplashilganligi to‘g‘risidagi savolga shunday javob berdi.

“Murakkab mavzularda muzokaralar o‘tkazildi. Tabiiyki, ular oshkor etilmaydi”, — ta’kidladi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘on Sochiga jo‘nab ketishidan oldin inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal etish uchun Rossiya va AQShni Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirgandi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют