» » AQShning BMTdagi doimiy vakili Venesuelani “narkodavlat” deb atadi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Venesuelani “narkodavlat” deb atadi


AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Xavfsizlik kengashi a’zolari ishtirokidagi norasmiy uchrashuvda Venesuelani “narkodavlat” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Venesueladagi inqiroz xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf hisoblanadi. Venesuela mintaqa va butun dunyo uchun tahdid tug‘dirayotgan, zo‘ravonlik avj olgan narkotik davlatga aylanib bormoqda”, —dedi Xeyli.

AQSh vakiliga ko‘ra, Venesuela gullab-yashnayotgan va kuchli davlat bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

“Mamlakat tabiiy zaxiralarga boy, ulkan iqtisodiy salohiyat va demokratiya tajribasiga ega. Biroq Venesuela hukumati bundan foydalanish, erkinlik va xalq farovonligini ta’minlash  o‘rniga faqat hokimiyatni saqlab qolish haqida o‘ylamoqda”, — ta’kidladi Xeyli.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют