» » Suriyada IShID uchun jang qilgan rossiyalik bokschi halok bo‘ldi

Suriyada IShID uchun jang qilgan rossiyalik bokschi halok bo‘ldi


Rossiyalik bokschi Vyacheslav Lapshin Suriyada IShID uchun jang qilayotgan paytda halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Xabarda qayd etilishicha, bokschi 2016-yilning mart oyida halok bo‘lgan. Biroq bu hodisa haqida endigina ma’lum qilingan.

Sportchining singlisi Rufinaning aytishicha, Lapshin 15 yil oldin islom dinini qabul qilgan. Uning oila a’zolari bu holatni bosiqlik bilan qabul qilgan.

Lapshin 1981-yilning 21-iyun kuni tug‘ilgan. U professional boksda(2005—2009-yillarda) to‘qqizta jang o‘tkazgan. Bokschi ulardan beshtasida g‘alaba qozongan, uchtasida mag‘lubiyatga uchragan, bittasini durang bilan yakunlagan.

Lapshin 2006-yilda kichik Olimpiada o‘yinlari g‘olibi va Rossiya chempioni bo‘lgan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 6) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют