» » Checheniston fuqarosi Suriyadagi jangariga 1 million rubl jo‘natganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Checheniston fuqarosi Suriyadagi jangariga 1 million rubl jo‘natganlikda gumonlanib qo‘lga olindi


Politsiyachilar Suriyadagi noqonuniy qurolli tuzilmalarni moliyalashtirishda gumonlab Checheniston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Checheniston IIV matbuot xizmatiga tayanib, “Vesti Kavkaza” xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan Naursk fuqarosi 1989-yilda tug‘ilgan bo‘lib, u pul yig‘ish va uni jo‘natish bilan shug‘ullangan. Erkak Suriya Arab Respublikasining hukumat kuchlariga qarshi kurash olib borayotgan akasiga 1 million rublga (salkam 17 ming dollar) yaqin mablag‘ yuborgan.

Qo‘lga olingan shaxs o‘z qilmishini tan olib, ko‘rsatma berdi. Unga nisbtaban “Terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют