» » Kongress AQSh harbiylariga Yamandagi mojaroda ishtirok etishga ruxsat bermagani ma’lum qilindi 

Kongress AQSh harbiylariga Yamandagi mojaroda ishtirok etishga ruxsat bermagani ma’lum qilindi 


AQSh Kongressi vakillar palatasi mamlakat qurolli kuchlariga Yamandagi mojaroga aralashishga ruxsat bermagani bildirilgan rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hujjatni 366 nafar kongressmen qo‘llab-quvvatladi, 30 kishi qarshi chiqdi.

“Kongress Yamandagi fuqarolar urushida ishtirok etayotgan tomonlarga qarshi harbiy kuch ishlatishga ruxsat beruvchi qonunchilik aktlari qabul qilmagan. Biz tinch aholi o‘rtasida qurbonlar bo‘lishining oldini olish uchun barcha zarur choralar ko‘rish va gumanitar yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga chaqiramiz”, — deyiladi rezolyutsiyada.

Hujjat mualliflaridan biri demokrat Ro Xannga ko‘ra, qonun chiqaruvchilar AQSh ma’muriyatiga Iroq va Afg‘onistondagi kabi harbiy kuch ishlatishga ijozat bermagan. Biroq Vashington Ar-Riyodga razvedka ma’lumotlari va isyonchi-xusiylarga qarshi kurashda ko‘mak beradigan boshqa yordamlar ko‘rsatmoqda.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют