» » Qatar amiri arab davlatlarini inqirozni bartaraf etishni istamaslikda aybladi

Qatar amiri arab davlatlarini inqirozni bartaraf etishni istamaslikda aybladi


Doha bilan diplomatik aloqalarni uzgan Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr inqirozdan chiqish yo‘llarini izlash niyatida emas. Bu haqda Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Taniy Al Jazeera telekanali efirida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Qamal tashabbuskori bo‘lgan davlatlar inqirozni bartaraf etish niyatida emas. Tiyilish va manfaatlarni hurmat qilish siyosatiga izchil amal qildik, biroq ular vaziyatdan chiqish rejasini ko‘zda tutmay, bizga qarshi xalqaro tashviqotni boshladi”, — dedi Qatar amiri.

Al-Taniy vositachilik urinishlari uchun Kuvayt amiri Saboh as-Sabohga minnatdorlik bildirdi. Rasmiy Doha “suverenitet va o‘zaro hurmatga rioya etilgan taqdirda” qo‘shni davlatlar bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют