» » Rossiya musulmonlari maktablardagi “Diniy madaniyat asoslari” fanini bir emas, 8 yil o‘qitishni taklif etdi

Rossiya musulmonlari maktablardagi “Diniy madaniyat asoslari” fanini bir emas, 8 yil o‘qitishni taklif etdi


Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi mamlakat maktablarida “Diniy madaniyat asoslari va dunyoviy axloq” fani 4-sinfdan 11-sinfga qadar o‘qitilishini taklif etdi. Bu haqda Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Damir Muhitdinov ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Hozirda “Diniy madaniyat asoslari va dunyoviy axloq” kursi Rossiya maktablarida bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan — ushbu fan faqat 4-sinfda o‘tiladi.

Muhitdinovning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga kursni beshinchi sinfgacha uzaytirish, “keyin esa o‘rta maktabning barcha sinflarini qamrab oladigan yo‘ldan borish” taklif etilmoqda.

5-sinflar uchun islom madaniyati asoslarini o‘rgatish bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarini joriy yilning oxirigacha tayyorlash, keyingi yilda esa bu kabi taklifni Ta’lim va fan vazirligiga yo‘naltirilish rejalashtirilmoqda.

Musulmonlar diniy boshqarmasi “Diniy madaniyat asoslari” kursini kengaytirish imkoniyatini boshqa din vakillari, jumladan, ushbu fanni o‘rta maktabning 1-sinfidan 11-sinfigacha o‘tilishini taklif qilgan Rus pravoslav cherkovi bilan ham muhokama qilishni rejalashtirgan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют