» » Toshkentda muqaddam sudlangan 24 yoshli yigit “Malika”dagi do‘kondan 184 ta telefon o‘g‘irladi

Toshkentda muqaddam sudlangan 24 yoshli yigit “Malika”dagi do‘kondan 184 ta telefon o‘g‘irladi


Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 24 yoshli fuqaro “Fleshka” (“Malika”) texnobozoridagi do‘kondan umumiy qiymati 132,5 million so‘m bo‘lgan qurilmalarni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda, Shayxontohur tuman IIBga asoslanib, UzNews xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 1993-yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi do‘kon qulfini buzib, u yerdan umumiy qiymati 132 559 000 so‘m bo‘lgan 184 dona telefon qurilmalarini o‘g‘irlagan.

Hozirgi vaqtda gumonlanuvchi qo‘lga olingan, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi va 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etishlaricha, gumonlanuvchi muqaddam sudlangan. Aynan qaysi modda bo‘yicha sudlanganiga UzNews xabarida aniqlik kiritilmagan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют