» » Bahodir Nasimov: Koreyaning hatto quyi ligasi ham O‘zbekiston Oliy Ligasidan kuchli

Bahodir Nasimov: Koreyaning hatto quyi ligasi ham O‘zbekiston Oliy Ligasidan kuchli


Janubiy Koreya chempionatining quyi ligasida to‘p suradigan O‘zbekiston milliy termasining sobiq futbolchisi Bahodir Nasimov “Futbol Ekspress” nashriga intervyu berib, koreyaliklar nima sababdan O‘zbekistondan kuchliroq degan masalaga oydinlik kiritishga intildi.

Koreyada o‘yin hakamning final hushtagi chalinmaguncha davom etadi, hamma oxirigacha kurashadi. Men bu yerda quyi ligada o‘ynasam ham, u o‘zimizning Oliy Ligadan kuchli, deb aytolaman. Yaqinda “Dinamo” — “Neftchi” uchrashuvini stadionda kuzatdim. O‘yinni ko‘rib, yuqoridagi fikrim to‘g‘ri ekaniga yana bir marta amin bo‘ldim.

Bahodir Nasimov, “Ansan Griners” a’zosi

Futbolchining qayd etishicha, koreyaliklar nafaqat futbol, balki uning atrofidagi sohalarda ham ancha ilgarilab ketgan. Mashg‘ulotlar ham butunlay o‘zgacha ruhda o‘tadi. Tashkilotchilik va matbuotning roli juda katta. Eng muhimi, Koreya Key Ligasi va quyi ligasi o‘rtasidagi farq katta emas, ikki liga jamoalari bir-biri bilan bemalol raqobat hosil qila oladi.

Bu yerda mashg‘ulotlar zo‘r o‘tadi. Jamoa bilan 2,5—3 soat shug‘ullanasiz. Futbolchilarga og‘ir yuklamalar muntazam beriladi. Shu kungacha qaysi jamoada harakat qilgan bo‘lsam, o‘yinning ertasiga yengil mashg‘ulot o‘tkazilgan. Ammo Koreyada bunday emas. Bugun o‘ynadingmi, ertaga yana hech narsa bo‘lmagandek og‘ir mashqlarni bajarib ketaverasan. Shularni ko‘rib, Janubiy Koreya nima uchun Jahon Chempionatlariga muntazam chiqishini o‘zim uchun tushunib oldim.

Bahodir Nasimov, “Ansan Griners” a’zosi

Опубликовано: admin (14-11-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют