» » Sherobod tumani hokimi murojaatlar bilan qoniqarsiz ishlagani uchun ishdan olindi

Sherobod tumani hokimi murojaatlar bilan qoniqarsiz ishlagani uchun ishdan olindi


Xalq deputatlari Sherobod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda, Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook’dagi sahifasiga asoslanib, “Pravda Vostoka Onlayn” xabar bermoqda.

Unda Sherobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar olib borilayotgani aytilgan. Ammo, yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham uchrab turgani alohda qayd etilgan. Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 80 foiziga faqatgina tushuntirish berilgan, mutasaddi idoralarda murojaatlar bilan ishlash, masalani hal etishning ahvoli qoniqarsiz.

Aholining kommunal to‘lovlardan qarzdorligi yuqori darajada saqlanib, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tumanning eksport salohiyati past ahvolda ekaniligi qayd etildi. Shuningdek, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida olib borilmayotgani tuman iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

“Bu kabi kamchiliklar sabab tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdulhakim Eshmuratov lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarda.

Uning o‘rniga faollar, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, shu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O‘rol Boboqulov tuman hokimi etib tasdiqlangan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют