» » O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar soni oshiriladi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar soni oshiriladi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-son qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami — 2945, 2017-yil 7-noyabr) bilan yangi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Normativlar ayrim OTMlarda quyidagicha belgilanadi:

tibbiyot OTMning sog‘liqni saqlash ta’lim sohasi uchun 2017/2018-o‘quv yilining 2-semestrigacha — 6, 8 va 2017/2018-o‘quv yilining 2-semestridan boshlab — 6 (ilgari — 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab — 8,2);

O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi uchun 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab — 9 (ilgari — 12,5);

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab — 7 (ilgari — 8,5);

Toshkent islom universiteti uchun 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab — 5,1 (ilgari — 6,1), 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab — 5,5.

OTM maxsus sirtqi va sirtqi bo‘linmalarida — 20 (ilgari — maxsus sirtqi bo‘linmalarda — 35).

Normativlar professor-o‘qituvchilar tarkibi alohida qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan OTMga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hujjat 2017-yil 8-noyabrda kuchga kirdi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 9) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют