» » Internetda benzin narxi oshishi haqidagi hukumat qarori surati paydo bo‘ldi. Toshkent AYoQShlarida navbatlar yuzaga keldi

Internetda benzin narxi oshishi haqidagi hukumat qarori surati paydo bo‘ldi. Toshkent AYoQShlarida navbatlar yuzaga keldi


Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram’da 15-noyabrdan benzin narxi oshishi haqida so‘z boradigan hujjat suratlari paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda, Toshkent shahridagi aksariyat avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobcha (AYoQSh)larida nisbatan katta navbatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar berilmoqda.

Surati e’lon qilingan hujjat Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘lib, u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 14-noyabrdagi 3386-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslarining jahon narxlari o‘sayotganini hisobga olib, 2017-yil 15-noyabrdan benzin va dizel yoqilg‘isi narxini oshirishni belgilaydi.

Qarorga ko‘ra, 15-noyabrdan eng arzon Ai-80 rusumidagi benzinning bir litri narxi 3800 so‘m (eski narx — 2800 so‘m, o‘sish — 1000 so‘m), Ai-91 markadagi benzin narxi esa 4300 so‘m (eski narxi — 3000 so‘m, o‘sish — 1300 so‘m) etib belgilanadi. Bir litr dizel yoqilg‘isi 4100 so‘m, EKO dizel yoqilg‘isi esa 4200 so‘m etib belgilangan.

Hujjat surati e’lon qilinganidan so‘ng, Toshkent shahridagi aksariyat AYoQShlarda avtomobillarning uzun navbatlari yuzaga kela boshlagan. “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zo foydalanuvchilarning AYoQShlarning xodimlariga asoslanib xabar berishicha, “benzin 23:59 ga qadar yetadi”.

O‘zbekistonda benzin narxi oshishi haqidagi xabarlar bir necha kun avval paydo bo‘lgan edi. Bu mish-mishlar fonida OAVda, xususan, O‘zbekiston televideniyesi orqali viloyatlarda benzin taqchilligi yuzaga kelgani, yoqilg‘i “shapka” evaziga sotilayotgani haqida tanqidiy-tahliliy chiqishlar uyushtirildi.

Benzin narxi oshish-oshmasligi masalasida “O‘zbekneftgaz” va “O‘zneftmahsulot” kompaniyalariga murojaat qilinganida, ular bu xabarlarni na rad etdi, na tasdiqladi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют