» » Tereza Mey Rossiyani jahon tartibini buzishda aybladi

Tereza Mey Rossiyani jahon tartibini buzishda aybladi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey London v lord-meri saylinishi munosabati bilan tashkil etilgan banketda qilgan chiqishida Rossiyada jahonda o‘rnatilgan tartibni buzishda aybladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Tereza Meyning so‘zlariga qaraganda, Rossiya Yevropa mamlakatlarining havo chegaralarini ko‘p bora buzmoqda, Donbassdagi ixtilofni qo‘llab-quvvatlamoqda hamda kiberayg‘oqchilik bo‘yicha keng miqyosli kampaniyani olib bormoqda. Jumladan, Mey xonim Rossiya saylovlarga aralashganini, Daniya mudofaa vazirligi va Germaniya bundestagi kompyuterlariga hujum qilganini aytib o‘tdi.

Tereza Meyning fikricha, Rossiya axborotni harbiylashtirmoqda, davlat mediasi esa G‘arbni parchalash va bu yerdagi davlatlar institutlarini diskreditatsiya qilish uchun yolg‘on axborot va tahrirlangan suratlarni tarqatmoqda.

“Rossiya uchun oddiy xabarim bor. Nima qilayotganingizni bilmaymiz. Hech narsani udallay olmaysizlar. Negaki siz bizning demokratiyalarimiz chidamliligi, ochiq va erkin jamiyatlar maftunkorligi, G‘arb davlatlarining ularni bog‘lab turuvchi alyanslarga sadoqatini past baholayapsizlar”, — ta’kidladi Mey.

Rossiya Federatsiyasi xalqaro munosabatlar qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachyov Facebook’dagi sahifasida uning bu so‘zlariga munosabat bildirar ekan, Mey xonimni isbotsiz da’volar qilishda aybladi hamda uning so‘zlari bo‘hton, ideologik yorliqlar ekanligini ta’kidladi.

Kosachyovning so‘zlariga qaraganda, Rossiya G‘arb demokratiyasini past baholamaydi, “G‘arbning xalqaro maydondagi mutloq nodemokratik fe’l-atvori tufayli bu borada ortiqcha umid qilmaydi”.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют