» » Foto: Toshkentning benzin quyish shoxobchalarida 14-noyabr oqshomida yuzaga kelgan navbatlar

Foto: Toshkentning benzin quyish shoxobchalarida 14-noyabr oqshomida yuzaga kelgan navbatlar


Ijtimoiy tarmoqlar va ommabop messenjerlarda O‘zbekiston hukumatining benzin narxini oshirish haqidagi qarori surati paydo bo‘ldi. Suratdagi hujjatning haqiqiyligi hozircha tasdiqlangani yo‘q, lekin rad ham etilmadi.

Suratdagi hujjatga ko‘ra, 15-noyabrdan boshlab eng arzon (Ai-80 rusumidagi) benzinning bir litri narxi 2800 so‘mdan 3800 so‘mgacha, Ai-91 turidagi yoqilg‘i qiymati esa 3000 so‘mdan 4300 so‘mgacha oshiriladi.

Haqiqiyligi hali tasdiqlanmagan mazkur haydovchilar orasida o‘ziga xos shov-shuv ko‘tarib ulgurdi va Toshkent shahridagi bir qator yoqilg‘i quyish shoxobchalari oldida navbatlar yuzaga keldi.

Haydovchilar Telegram va Facebook’dagi xos guruhlar va kanallar orqali shahar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida navbat qandayligi, qayerda benzin borligi, qaysi shoxobcha soat nechagacha ishlashi haqida bir-biri bilan xabarlashib, ma’lumot almashmoqda. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Uzbekneftgaz (sobiq UzGazOil) shoxobchalari 22:00 gacha ishlaydi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют