» » Rasman tasdiqlandi: O‘zbekistonda 15-noyabrdan benzin narxi oshadi. Eng arzon benzinning bir litri — 3800 so‘m

Rasman tasdiqlandi: O‘zbekistonda 15-noyabrdan benzin narxi oshadi. Eng arzon benzinning bir litri — 3800 so‘m


O‘zbekistonda 15-noyabrdan avtobenzin va dizel yoqilg‘isi narxi o‘rtacha 1,5 barobarga oshiriladi. Bu haqda, O‘zbekiston hukumatidagi manbalarga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, Toshkentdagi bir qator yoqilg‘i quyish shoxobchalari yarim tundan boshlab narxlarni oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan.

Avval xabar berilganidek, Ai-80 rusumidagi benzin narxi 3800 so‘m (narx o‘sishi — 35,7 foiz), Ai-91 rusumidagi benzin narxi 4300 so‘m (+43,3 foiz), dizel yoqilg‘isi 4100 so‘m (+72,6 foiz) va EKO dizel yoqilg‘isi 4200 so‘m (+71 foiz) etib belgilangan.

O‘zbekistonda benzin narxi so‘nggi bor 2016-yil oktabrida oshirilgan edi. “Gazeta.uz”ning qayd etishicha, xuddi avvalgi safarlardagidek, benzin narxining oshirilishi hech qayerda oldindan rasman e’lon qilinmadi.

14-noyabr oqshomida ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori suratlari tarqalgan edi. Bundan bir kun avval esa O‘zMTRK orqali viloyatlarda benzin taqchilligi yuzaga kelgani, yoqilg‘i qo‘lda sotilayotgani haqida lavhalar berilgan edi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют