» » Oqqo‘rg‘onda olib qochib ketilgani haqida yolg‘on xabar bergan ayolning o‘zi javobgarlikka tortildi

Oqqo‘rg‘onda olib qochib ketilgani haqida yolg‘on xabar bergan ayolning o‘zi javobgarlikka tortildi


Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida uy bekasi, Xolida Zuxriddinova (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilib, uni Spark rusumli avtoulovga noma’lum shaxslar majburlab o‘tqizib, olib qochib ketganini, qo‘rqitib uch million so‘m pul olib kelishini aytib, oyog‘ini kesuvchi jism bilan kesib, unga tan-jarohati yetkazganligini bayon qilgan. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Xolida Zuxriddinovani hech kim olib qochmagani, unga hech kim tan jarohati yetkazmagani, u o‘zining oyoqlarini kesib, o‘ziga tan jarohati yetkazgani, tuman shifoxonasiga yolg‘on ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan Xolida Zuxriddinovaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 237-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют